Bugun 11 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Dunyodagi eng uzoq parvoz amalga oshirildi

Dunyodagi eng uzoq parvoz amalga oshirildi

China Eastern Airlines aviakompaniyasining Boeing 777-300ER samolyoti dunyodagi eng uzoq parvozni amalga oshirdi — havo kemasi 29 soatda 20 ming kilometr masofani ortda qoldirdi.

Boeing 777 — dunyodagi eng yirik va ommalashgan ikki motorli reaktiv va keng fyuzelyajli samolyot. Aynan u Xitoyning Shanxay shahridan Argentinaning Buenos-Ayres shahrigacha bo‘lgan eng uzoq tijorat reysi uchun tanlandi, deb yozdi Express.

Biroq bu parvoz qo‘nishlarsiz o‘tdi, degani emas. U ekipajni almashtirish va yonilg‘i quyish uchun Yangi Zelandiyaning Oklend shahriga ikki soatga qo‘ndi.

Tabloidlar yozishicha, bunday uzoq parvoz kimgadir azobli tuyulishi mumkin, ammo yana kimlargadir ikki kun davom etadigan boshqa parvozlardan ancha qulayroq.

Shanxay va Buenos-Ayres Yer sharining deyarli qarama-qarshi tomonida joylashgan. Xitoydan Argentinaga parvoz taxminan 25 soat 55 daqiqa, qaytish esa 29 soat davom etadi.

Shu paytgacha Singapore Airlines aviakompaniyasining Nyu-Yorkdan Singapurga 19 soatlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysi eng uzoq davom etuvchi tijorat reysi hisoblangan. Uzoq yo‘nalishlarda raqobat keskinlashmoqda: Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasi 2027 yilda Sidneydan Londonga 22 soatlik yangi yo‘nalish ochishni rejalashtirayotganini e’lon qildi.

Kiritildi: 12:54 09.12.2025. O'qildi: 932 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!