Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Dunyodagi eng qora material yaratildi

Dunyodagi eng qora material yaratildi

Olimlar avval ma’lum bo‘lgan eng qora materiallardan ham qoraroq materialni yaratishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu haqda News.mit nashri xabar berdi. 

Yangi material ayni vaqtda odamlarga ma’lum bo‘lgan eng qora materialdan 10 marta qoraroqdir. Mutaxassislarning o‘zlari ham bunday natijani kutishmagan. Avvalgi “rekordchi” modda vantablack yorug‘lik nurini 99,965 foizga yutgan.

Olimlar alyuminiyning issiqlik va elektr xossalarini unda uglerod nanotrubkalari o‘stirish yordamida yaxshilashmoqchi bo‘lishgan. Avvalgi modda aynan shu nanotrubkalar yordamida yaratilgan.

Olimlar xlor ionini saqlovchi tuzlar yordamida alyuminiy sirtidan elektr toki o‘tishiga to‘sqinlik qilgan oksid qatlamini olib tashlashga muvaffaq bo‘lishgan. Ular sirti tozalan alyuminiyda nanotrubkani o‘stirib, kutilmagan natijani olishgan.   

Olingan material unga tushuvchi nurning 99,995 foizini yuta oladi.

Avvalroq BMW kompaniyasi vantablack bilan qoplangan dunyodagi eng qora avtomobilni taqdim qilgandi.

Kiritildi: 05:24 14.09.2019. O'qildi: 1657 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!