Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Dunyodagi eng kir pul aniqlandi

Dunyodagi eng kir pul aniqlandi

Xalqaro olimlar guruhi qaysi pullardan eng ko‘p bakteriyalar to‘planishini aniqladi.

Turkiya, Niderlandiya, Germaniya olimlari tadqiqot o‘tkazishdi. Eng kir valyuta – Ruminiyaning milliy valyutasi - ley ekanligi ma’lum bo‘ldi. Amerika va Kanada dollari, shuningdek Hindiston rupiylarida ham bakteriyalar yaxshi qolar ekan.

Ruminiyaning valyutasi banknotalar yaroqligini saqlash va qalbakilashtirishga qarshi ishlatiladigan polimerlar hisobiga ro‘yxatga yetakchilik qildi.

Bu tadqiqot uchun olimlar iqtisodiyot uchun Shnobel mukofotini olishdi.

12 sentyabr kuni Garvard universitetida taqdimot marosimi o‘tkazildi.

Xazil pul mukofoti sifatida mutaxassislar bitta kupyurada 10 trillion Zimbabve dollarini olishdi. Banknot chiqarilgan paytda uning bozor qiymati taxminan 40 sent bo‘lgan.

 

Kiritildi: 05:31 14.09.2019. O'qildi: 3893 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!