Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Dunyodagi eng gavjum vokzal

Dunyodagi eng gavjum vokzal

Transportning ishonchli turlaridan biri temir yo‘l transporti hisoblanadi. Shuning uchun ham temir yo‘l transportiga ortib borayotgan talabni qondirish uchun har bir davlatda yirik vokzallar qurilgan va eskilari qayta ta’mirlangan. Ana shulardan biri Sindzyuku vokzalidir.

Tokioda joylashgan Sindzyuku (Shinjuku Station) vokzali dunyodagi eng band vokzal hisoblanadi. Yo‘lovchilar oqimi kuniga 3,6 million kishini tashkil etadi. U Tokioning g‘arbiy qismidagi Sindzyuku va Sibuya tumanlarini birlashtiradi.

Stansiya yer usti va yer osti arkadlar bilan qo‘shib hisoblaganda 36 platforma, 200 dan ortiq chiqish joylari va bir necha tunnellarga ega. Sindzyuku beshta, jumladan, JR-East, Tokyo Metro, Odakyu, Toei Subway va Keio Corporation stansiyalaridan iborat. JR-East stansiyasi ular orasida eng band stansiya hisoblanib, kuniga yarim millionga yaqin kishiga xizmat ko‘rsatadi.

Kiritildi: 22:13 08.08.2019. O'qildi: 2396 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!