Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Dunyoda kutilayotgan ob-havo olimlarni tashvishga solmoqda

Dunyoda kutilayotgan ob-havo olimlarni tashvishga solmoqda

2019 yil meteorologik kuzatuvlar tarixida dunyodagi eng issiq yil bo‘ldi. Bu haqda Butunjahon meteorologiya tashkiloti ma’lum qilmoqda.

2019 yil dunyoda o‘rtacha harorat 1850-1900 yilgacha bo‘lgan davrda kuzatilgan ob-havodan 1,1 daraja issiq bo‘ldi. Shu bois 2019 yil eng issiq havo harorati qayd etilgan davr hisoblanmoqda. Bunga uzoq muddat iqlim o‘zgarishlarini keltirib chiqargan El Ninyo effekti sabab bo‘lgan.

“Agar biz SO2 (uglerod dioksidi)ni shu sur’atda atmosferaga chiqaraversak, asr so‘ngiga qadar harorat 3-5 darajaga ko‘tariladi. Afsuski, 2020 va kelgusi o‘n yillikda yanada ekstremal ob-havoni kuzatish mumkin. Bunga atmosferaga rekord darajada turli issiqxona gazlarining chiqarilayotgani sabab bo‘ladi”, dedi Butunjahon meteorologiya tashkiloti bosh kotibi Petteri Taalas. Shuningdek, Taalas Avstraliyadagi eng katta yong‘inlarga e’tibor qaratdi, o‘tgan yil eng iliq va eng qurg‘oq bo‘lgan meteorologik kuzatishlarini gapirdi.

Umuman olganda, 2010 yildan buyon eng yuqori o‘rtacha harorat ko‘rsatkichlari qayd etib kelinmoqda. 1980 yildan boshlab har o‘n yillik avvalgisidan issiqroq bo‘lmoqda. Bu holat yuqorida qayd etilganidek, havoga turli gazlarning ko‘p miqdorda chiqishi sababidan sodir bo‘lmoqda, deya ta’kidlaydi tashkilot.  

Kiritildi: 10:02 17.01.2020. O'qildi: 4751 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!