Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Dunyoda koronavirusning «Delta» shtammi hukmronlik qilmoqda

Dunyoda koronavirusning «Delta» shtammi hukmronlik qilmoqda

«Delta» deb nomlangan koronavirus shtammi butun dunyoda kasallikning dominant variantiga aylanmoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lum qildi, deb xabar bermoqda BBC.

«Ushbu shtamm global miqyosda dominant bo‘lib bormoqda, chunki u yuqumli hisoblanadi», - deydi JSST bosh ilmiy xodimi xodimi Sumiya Svaminatan.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, «Delta» shtammi birinchi bo‘lib 2020 yil oktyabr oyining boshlarida Hindistonning Nagpur shahrida aniqlangan va hozirda u 80 dan ortiq mamlakatlarga tarqalgan.

Jumladan, Moskva meri Sergey Sobyaninning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Rossiya poytaxtida COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning deyarli 90 foizida «Delta» shtammi aniqlangan. Rossiya Bosh vazirining o‘rinbosari Tatyana Golikova aytganidek, yopiq xonalarda Delta shtammini yuqtirish 60% ga, ochiq joylarda esa 40% gacha yetmoqda.

Kiritildi: 20:43 20.06.2021. O'qildi: 2271 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!