Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Dunyoda koronavirusdan rekord darajada sutkalik kasallanishni qayd etildi

Dunyoda koronavirusdan rekord darajada sutkalik kasallanishni qayd etildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 4 iyulda butun dunyoda rekord darajada koronavirusga chalinish holati kuzatilganini e’lon qildi.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni so‘nggi sutkada 212 326 nafarga ko‘paygan. Eng ko‘p kasallanish AQSH, Braziliya va Hindistonda qayd etilgan.

Sutkalik kasallanishlar bo‘yicha avvalgi antirekord 28 iyunda qayd etilgandi va o‘shanda kasallanganlar soni 189 mingdan ko‘proqni tashkil etgan.

Koronavirusdan o‘limlar soni kuniga 5 ming atrofida saqlanib qolmoqda.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 11,3 mlndan, undan vafot etganlar soni 533 mingdan oshib ketdi. Shu bilan birga, 6,4 mlndan ko‘proq kishi koronavirusdan forig‘ bo‘lgan.

Kiritildi: 11:25 05.07.2020. O'qildi: 3192 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!