Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Dunyoda 1,2 milliard odam ruhiy kasalliklardan aziyat chekmoqda

Dunyoda 1,2 milliard odam ruhiy kasalliklardan aziyat chekmoqda

Dunyoda 1,2 milliard odam ruhiy kasalliklardan aziyat chekmoqda, bu 30 yil avvalgiga nisbatan qariyb ikki baravar ko‘p – DW.

"Lancet" ilmiy jurnalida chop etilgan yangi tadqiqotga ko‘ra, ruhiy kasalliklar yurak-qon tomir, saraton va tayanch-harakat tizimi kasalliklarini ortda qoldirib, salomatlik bilan bog‘liq muammolarning eng keng tarqalgan sababiga aylandi. Ma’lum qilinishicha, 1990 yildan 2023 yilga qadar kamida bitta mental buzilish tashxisi qo‘yilgan insonlar soni qariyb ikki baravar oshgan.

Olimlar tarixdagi eng keng ko‘lamli tadqiqot doirasida 25 ta yosh guruhi, 21 ta mintaqa hamda 204 ta mamlakat va hududdagi har ikki jins vakillariga oid ma’lumotlarni tahlil qilishdi. Aniqlanishicha, ayollar hamda 15 dan 19 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ruhiy muammolarga ko‘proq moyil. Eng keng tarqalgan tashxislar — xavotirli buzilishlar (2019 yildan beri 47% ga o‘sgan) va og‘ir depressiya (24% ga o‘sgan) bo‘lib, kasallik aniqlanishining eng yuqori cho‘qqisi COVID-19 pandemiyasidan keyingi yillarga to‘g‘ri keladi.

Tahlil, shuningdek, butun dunyo bo‘ylab og‘ir depressiyadan aziyat chekayotganlarning atigi 9 foizga yaqini minimal darajada yetarli davolanishni olayotganini ko‘rsatmoqda. 90 ta mamlakatda bu ko‘rsatkich 5 foizdan kamni tashkil etadi. Faqatgina Avstraliya, Kanada va Niderlandiya kabi yuqori daromadli bir nechta mamlakatdagina davolash qamrovi muhtojlarning 30 foizidan ortig‘ini tashkil qiladi.

Kiritildi: Bugun 18:15. O'qildi: 197 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!