Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Dunyo yuzini ko‘rmagan asarlar

Dunyo yuzini ko‘rmagan asarlar

Fazilatli shayx hazratlarining dunyodan o‘tganlariga qariyb 4 yil bo‘libdi-ki u kishining yozgan kitoblari hanuz nashrdan chiqishda davom etmoqda, kitobxonlarimizga yetib bormoqda. Eng hayratlanarlisi, hali shayximizning chop etilmagan bir talay asarlari ham bor. Bu haqda shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining o‘g‘illari Ismoil Muhammad Sodiq shunday deydilar:

«Hazrat vafot etganlaridan so‘ng, u kishining qalamlariga mansub nashrga tayyorlanayotgan 15 ta asar mavjud. Bu asarlar hali dunyo yuzini ko‘rganicha yo‘q. Shayx hazratlari bu kitoblarni o‘zlari shogirdlari bilan birgalikda dars qilib o‘tganlar. Dars o‘tish jarayonida kitoblar tarjimasi ham qilib borilgan. Misol uchun yaqinda nashrdan chiqqan kitob «Olam va odam, din va ilm» asarlari kitobxonlarimizga taqdim etildi. Ushbu kitobni shayx hazratlari hayotlik chog‘larida 2014 yil 4 iyul juma kuni ertalab soat 9:50 da yozib tugatgan ekanlar. Hozir hisoblab ko‘rsak, 5 yil-u ikki oydan ziyod vaqt mobaynida shu kitob dunyo yuzini ko‘ribdi. Bugungi kunda qolgan kitoblar ham nashrga tayyorlanmoqda».

Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi:

«Robbim, ilmimni ziyoda qil!» (Toha surasi, 114-oyat).

Allohni tanigan bandaga shu duoning o‘zi kifoya qiladi. Alloh taolo Qur’oni karimda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga birgina narsani ziyoda etishni so‘rab duo qilishni buyurgan. U ham bo‘lsa, yuqoridagi oyat — ilmdir.

Aziz kitobxon, quyida fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahmatullohi alayhning hali dunyo yuzini ko‘rmagan, nashrga tayyorlanayotgan kitoblarining jadval ko‘rinishidagi ma’lumotini sizlarga taqdim qilamiz.

 

Kitobning nomi

 

1.

«Nodir asllar».

Hakim termiziy

Tarjima

2.

«Yangi hayot» (Muridlar odoblari) Hakim termiziy

Tarjima

3.

«Uch balo»

(Islom giyohvandlik, aroqxo‘rlik va kashandalikka qarshi)

Ta’lif

4.

«Qazo va qadar» tugallanmagan

Ta’lif

5,6.

«Zamonaviy fiqhiy muomalalar bahslari 1-2»  Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy

Darsda tarjima

7.

«Moliyaviy muomalalar»

Doktor Rafiq Yunus Misriy

Darsda tarjima

8.

«Meros»

Shayx Muhammad Aliy Sobuniy

Darsda tarjima

9.

«Zakot»

Kuvayt din ishlari vazirligi

Darsda tarjima

10.

«Tasavvuf haqida haqiqatlar»

Shayx Abdulqodir Iyso

Darsda tarjima

11.

«Fiqhiy qoidalar»

Shayx Ahmad Muhammad Zarqo

Darsda tarjima

12.

«Zamonaviy fiqhiy qoidalar»

Shayx Aliy Ahmad Nadaviy

Darsda tarjima

13.

«Zamonaviy moliyaviy muomalalar»

Shayx Vahba Zuhayliy

Darsda tarjima

14.

«Avlaviyot fiqhi»

Shayx Yusuf Qarzoviy

Darsda tarjima

15.

«Tasavvuf qoidalari»

Shayx Ahmad Zarruq Fosiy

Darsda tarjima

Alloh taolo barchamizni ilmga muhabbatli va amalda tatbiq etuvchi solih bandalaridan qilsin!

Manba: islom.uz

Kiritildi: 22:30 18.09.2019. O'qildi: 3453 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!