Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Dunyo davlatlari rahbarlari qanday smartfondan foydalanadi?

Dunyo davlatlari rahbarlari qanday smartfondan foydalanadi?

Yodingizda bo‘lsa, Rossiya davlat rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin smartfondan foydalanmaydi, degan edi. Buning sababi xavfsizlik bilan izohlanadi, ya’ni telefonning mavjudligi prezidentning hayoti va ishiga qo‘shimcha xavf solishi mumkin. Biroq xavfsizligidan xavotir olmagan boshqa davlat rahbarlari zamonaviy mobil moslamalardan foydalanishadi.

AQSh prezidenti Donald Tramp

Rasmiy ishga kirishdan oldin biznesmen va shoumen bo‘lgan Donald Tramp Samsung tomonidan chiqarilgan Galaxy S3 smartfon modelidan foydalangan. U davlat rahbari lavozimiga saylanganidan so‘ng xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘z telefonini tark etishga majbur bo‘lgan. Hozirda Trampning qaysi brend va modeldan foydalanishi ma’lum emas. Ammo Apple tomonidan ishlab chiqarilgan smartfondan foydalanishi haqida taxminlar bor.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron

Emmanuel Makronning suhbatlarini tinglash to‘g‘risidagi ma’lumot e’lon qilingandan so‘ng barcha turdagi aloqa xavfsizligi Fransiya xavfsizlik xizmatlarining alohida nazorati ostiga olingan.

Muhim muzokaralar uchun Makron muhofazalangan mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Thales kompaniyasining smartfonidan foydalanadi. Uning Teorem smartfoni ma’lumotlarni shifrlovchi ultra xavfsiz rejimda ishlaydi. Makron oilaviy va shaxsiy suhbatlar uchun Samsung va Apple kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan smartfonlardan foydalanadi, ular ham maxsus himoya bilan jihozlangan.

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In

Kim Chen Inning texnologik yangiliklar tarafdori ekanligi haqidagi ma’lumotlar bir necha bor matbuotda tarqalgan. Shimoliy Koreya rahbarining stolida siz noma’lum modeldagi mobil qurilmani ko‘rishingiz mumkin.

Taxminlarga ko‘ra, Tayvanning HTC brendi tomonidan In uchun maxsus smartfon ishlab chiqarilgan.

Germaniya Federal kansleri Angela Merkel

Kanadaning BlackBerry kompaniyasi chidamli smartfon ishlab chiqarishi bilan dunyoga mashhur. Ulardan Blackberry Z10 modelining egasi Angela Merkel hisoblanadi.

Ushbu telefonning asosiy xususiyati – Secusmart kriptochipga egaligi. Germaniya kanslerida BlackBerry Q10 va Nokia 6260 modelli telefonlar mavjud.

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey

Yaqin vaqtgacha Tereza May Kanadaning BlackBerry kompaniyasi ishlab chiqargan smartfondan foydalangan.

Kompaniyaning mashhurligi va sotuvlar hajmi pasayganidan so‘ng Bosh vazir zamonaviy iPhone ga o‘tdi. Albatta, u alohida himoya vositalari bilan jihozlangan.

 

Kiritildi: 19:00 05.01.2020. O'qildi: 3842 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!