Germaniya kansleri Friedrich Merzning ma’lum qilishicha, jahon siyosati yangi bosqich — buyuk davlatlar raqobati davriga o‘tdi.
The Guardian nashriga bergan intervyusida u: “Biz chegarani kesib o‘tdik va ochiq buyuk davlat siyosati, kuch siyosati davriga kirdik”, — deya bayonot bergan.
Mersning ta’kidlashicha, bu tendensiyaning eng yorqin ko‘rinishi Ukrainadagi mojarodir. Uning fikricha, mazkur nizo xalqaro munosabatlardagi yangi geosiyosiy tartib shakllanayotganidan dalolat beradi.