Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Dunyo Amerika yetakchiligiga ehtiyoj sezyaptimi?

A A A
Dunyo Amerika yetakchiligiga ehtiyoj sezyaptimi?

AQShning yangi davlat kotibi Entoni Blinken xalqaro hamjamiyatga Vashingtonning yetakchiligi zarurligi, aynan uning yetakchiligi jahondagi global muammolarni ishonchliroq hal etishga imkon berishini aytdi.

"Dunyo Amerikaning yetakchilik roliga ehtiyoj sezmoqda va biz buni ijro etamiz, chunki dunyo AQSh bilan birgalikda muammolarni yechishi ishonarliroq bo‘ladi", - dedi u.

Uning qayd etishicha, AQSh boshqa mamlakatlarni umumiy farovonlik uchun safarbar etishda jahon sahnasida haligacha yuqori salohiyatga ega.

AQShning yangi davlat kotibi etib tasdiqlangan Blinken avvalroq qator mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari bilan telefon orqali muloqot qilgan. U birinchi bo‘lib Kanada tashqi ishlar vaziri Mark Garno bilan, so‘ngra Meksika tashqi ishlar vaziri Marselo Ebrard, Yaponiya tashqi ishlar vaziri Tosimisu Motegi, Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Kan Gen Hva bilan suhbatlashgan.

Kiritildi: 11:41 28.01.2021. O'qildi: 2553 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik