Dunyo aholisining o‘sish sur’ati 1963 yilda o‘zining eng yuqori darajasiga chiqib, bir yil ichida 2,3 foizni tashkil etgan edi. Shundan so‘ng o‘sish sur’ati bosqichma-bosqich pasayib bordi.
2020 yilga kelib esa aholi o‘sishi 1 foizdan ham past darajaga tushdi. Shu tariqa, so‘nggi qariyb 60 yil davomida jahon aholisi o‘sish sur’ati 1 foiz bandidan ortiqqa sekinlashdi.
Demograflar prognozlariga ko‘ra, hozirgi tendensiya saqlanib qolsa, yana taxminan 60 yildan keyin aholi o‘sish sur’ati manfiy ko‘rsatkichga o‘tishi mumkin. Bu esa dunyo aholisi soni o‘sishdan to‘xtab, qisqarish bosqichiga kirishini anglatadi.
Mutaxassislar bu jarayonga tug‘ilish darajasining pasayishi, aholining qarishi va qator mamlakatlarda demografik o‘zgarishlar asosiy omil bo‘layotganini ta’kidlamoqda.