Bugun 23 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Dubaydagi ko‘rgazmada o‘zbek brendi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi

Dubaydagi ko‘rgazmada o‘zbek brendi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegasiyasi “Dubay xalqaro gumanitar yordam va taraqqiyot” ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib turibdi.

📎Tashrif doirasida “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar stendida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan mahalliy korxonalarning eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, o‘zbek brendlari va mahsulotlarini xorij bozorlariga eksport qilishni yo‘lga qo‘yish maqsadida namoyish etilmoqda.

📌Ko‘rgazmaning ilk kunida Dubay Amirligi ijroiya kengashi a’zosi, “Dubai Media Incorporated” korporasiyasi raisi Shayx Hasher bin Maktum Al Maktum o‘zbek brendi ostidagi milliy mahsulotlar stendiga tashrif buyurib mamlakatimiz mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlariga katta qiziqish bildirdi.

❗️O‘z navbatida, jahonning gumanitar va ijtimoiy sohadagi yetakchi nodavlat notijorat tashkilotlari, BMT tuzilmalari, Ijtimoiy sohadagi xalqaro tashkilotlar xalqaro, davlat va xususiy insonparvarlik jamg‘armalar vakillari ham milliy mahsulotlarimizga qiziqish bildirib kelgusida korxona rahbarlari bilan hamkorlik shartnomalarini imzolash istagida ekanini bildirdi.

Zero, har qanday tadbirkorlik faoliyatining muvaffaqiyat ustunlaridan biri bu ta’minot zanjiridagi ishonchli hamkorlar tarmog‘ini shakllantirishdir.

Kiritildi: 11:31 25.04.2024. O'qildi: 593 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!