"Burj al-Arab" mehmonxonasi o‘zining birinchi yirik ta’miridan o‘tadi.
BAA ramziga aylangan ushbu besh yulduzli hashamatli mehmonxona ochilganidan beri birinchi marta ta’mirlanadi. Ta’mirlash ishlari 18 oy davomida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Jumeirah Group bosh direktori Tomas Meyerning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 27 yil ichida mehmonxona yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatishni saqlab qoldi va dunyodagi eng yaxshi mehmonxonalar qatoridan joy oldi.
– Yangi ta’mirlash dasturi "Burj al-Arab" tarixida yana bir muhim bosqichni ochadi, – dedi u Gulf News nashriga.
Loyihaga fransuz me’mori Tristan Oer rahbarlik qilmoqda.