Bugun 13 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Dubaydagi badavlat chet elliklar Shveysariyaga ko‘chib o‘tmoqdami?

Dubaydagi badavlat chet elliklar Shveysariyaga ko‘chib o‘tmoqdami?

Yaqin Sharqdagi keskinliklar tufayli ekspatlar Dubayni tark etib, xavfsizlik va biznes uchun nemis tilida so‘zlashuvchi Shveysariyaning Sug kantonida yashashni tanlamoqda, deb xabar berdi Financial Times.

Bankirlar va aktivlarni boshqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, BAA mijozlari Yevropadan "doimiy baza" qidirmoqda. Bularga asosan yuqori daromadli shaxslar, oilaviy ofislar va tovar va moliya sohalarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar kiradi.

Kantonning moliya direktori Xayns Tennler AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy operasiyasi boshlanganidan beri Sug mintaqasiga qiziqish sezilarli darajada oshganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar ko‘chib o‘tish so‘rovlarining ko‘payishini qayd etmoqda.

Sug kantonining mashhurligi uning qulay soliq tizimi bilan bog‘liq bo‘lib, bu ayniqsa badavlat xorijliklar uchun jozibador. Kanton mamlakatdagi eng past soliq stavkalaridan biriga ega bo‘lgani uchun u xalqaro biznes uchun idealdir.

Kanton Shveysariyaning markaziy qismida, Syurix va Lyutern shaharlari orasida joylashgan bo‘lib, mamlakatning yirik moliyaviy va texnologiya klasterlaridan biridir. Bu mintaqada xomashyo, moliya va IT sohalaridagi kompaniyalar kabi xalqaro kompaniyalarning bosh qarorgohlari joylashgan. Syurix shuningdek, blokcheyn sanoati va kriptovalyuta biznesi uchun dunyodagi yetakchi markazlardan biri bo‘lgan "Kripto vodiysi" nomi bilan ham tanilgan. Bu mintaqa yuqori daromad darajasi va qimmat ko‘chmas mulki bilan ham mashhur.

Kiritildi: Bugun 15:10. O'qildi: 446 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!