Bugun 25 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Dronlar hujumi sabab Germaniya aeroporti yopildi

Dronlar hujumi sabab Germaniya aeroporti yopildi

Favqulodda holat tufayli 17 ta reys bekor qilingan. 2 oktyabr kuni kechqurun Germaniya havo harakati boshqarmasi Myunxen aeroportida noma’lum dronlar tufayli parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqida DW nashri xabar berdi. Qayd etilishicha, mahalliy vaqt bilan soat 22:18 da joriy etilgan cheklovlar oqibatida kamida 17 ta reys bekor qilingan, yana 15 ta samolyot Shtutgart, Nyurnberg, Vena va Frankfurt aeroportlariga yo‘naltirilgan. Ushbu holat qariyb 3 ming yo‘lovchiga ta’sir ko‘rsatgan. Aeroport faoliyati 3 oktyabr kuni tonggi soat 5:00 dan boshlab tiklangan. Germaniya polisiyasi ma’lumotiga ko‘ra, dronlar 21:30 dan yarim tungacha Myunxen aeroporti hududi hamda yaqin atrofdagi Erding va Freyzing shaharlari osmonida uchgani aniqlangan. Hozirda uchuvchisiz uchoqlar va ularni boshqargan shaxslarni topish maqsadida tergov ishlari olib borilmoqda. Qidiruv ishlariga vertolyot ham jalb etilgan. Dronlarning kimga tegishli ekani hali ma’lum emas.

Kiritildi: 12:28 03.10.2025. O'qildi: 881 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!