Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Donni qayta ishlovchi korxonalarga imtiyozlar berildi

A A A
Donni qayta ishlovchi korxonalarga imtiyozlar berildi

Donni qayta ishlovchi korxonalarni qo‘shimcha ravishda qo‘llab-quvvatlash va ularning eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga o‘zlari import qilgan donni qayta ishlash orqali ishlab chiqarilgan unni eksport qilishga ruxsat etildi.

2018 yil 1 sentyabrdan donni qayta ishlovchi korxonalarning mahsulotlari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan aylanma tushum hajmidan don qiymatini chiqarib tashlab hisoblash tizimi joriy etildi.

Shuningdek, 2019 yil 1 yanvariga qadar donni qayta ishlovchi korxonalar don, un va nonni sotishda davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan ozod etildi.

Manba: darakchi.uz

Kiritildi: 09:42 26.08.2018. O'qildi: 1834 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik