Bugun 30 may, 2026 yil, shanba

КИР

Donald Trampning salomatligi haqida ma’lumot berildi

Donald Trampning salomatligi haqida ma’lumot berildi

AQSh Prezidenti Donald Trampning shaxsiy shifokori Shon Barbabella Amerika rahbarining salomatligi «a’lo» darajada ekanini va u o‘z vazifalarini bajarishga to‘liq tayyorligini ma’lum qildi.

ABC telekanalining Oq uy hisobotiga tayanib xabar berishicha, bu xulosa Uolter Rid nomidagi Milliy harbiy-tibbiyot markazida o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan.

«Prezident Donald Trampning salomatligi a’lo holatda qolmoqda. Yurak-qon tomir, nafas olish va asab tizimlari yaxshi ishlamoqda, umumiy jismoniy holati ham qoniqarli», — deyiladi hujjatlarda.

Shu bilan birga, tibbiy xulosada Trampning boldir qismida biroz shish borligi qayd etilgan, biroq bu holat o‘tgan yilga nisbatan kamaygani ta’kidlangan.

Kiritildi: Bugun 14:38. O'qildi: 160 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!