Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Donald Trampga o‘ta jiddiy ayblov qo‘yildi

A A A
Donald Trampga o‘ta jiddiy ayblov qo‘yildi

Ochiq osmon to‘g‘risidagi shartnomadan (OON) chiqqandan so‘ng AQSh va uning ittifoqchilari "Rossiyadan sust himoyalangan" bo‘lishadi. Bu fikrni AQSh senatori Robert Menendez bildirdi.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, Menendez prezident Donald Trampning qarorini "beparvolik" deb atagan va uni "qonunni ochiqdan-ochiq buzishda" ayblagan. Uning ta’kidlashicha, kelishuvda ishtirok etish Kongress tomonidan tasdiqlangan. Shu bilan birga, Tramp shartnomadan chiqishdan to‘rt oy oldin bu haqda xabar berishi kerak edi.

Eslatib o‘tamiz, 22 noyabr kuni AQSh o‘z ishtirokchilariga bir-birlarining hududlari bo‘ylab razvedka parvozlarini amalga oshirishga imkon beradigan Ochiq osmon shartnomasini bekor qildi. Vashingtonning fikriga ko‘ra, bunga Rossiya tomonidan sodir etilgan qonunbuzarliklar sabab bo‘lgan, xususan, Rossiya Trampning turgan joyini kuzatgan.

Kiritildi: 14:20 23.11.2020. O'qildi: 3982 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik