AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z tvitterida maslahatchisida koronavirus aniqlanganligini xabar qildi.
“Xoup Xiks ancha vaqt dam olmasdan ishladi, uning koronavirusga qarshi topshirgan testi esa ijobiy natija ko‘rsatdi. Afsus”, - dedi Tramp.
Blumberg agentligining xabar berishicha, Xiks xafta boshida Klivlend va Minnesota shtatida o‘tkazilgan yig‘ilishda Trampga hamrohlik qilgan. Uchrashuvlar davomida esa u Tramp bilan bitta samolyotda parvoz qilgan.
Voqeadan xabar topgan Tramp o‘z rafiqasi bilan Covid-19ga qarshi test topshirib, o‘zini-o‘zi izolyasiya qilishga qaror qildi. Test natijasi ijobiy chiqdi.
“Hoziroq tezroq tuzalish uchun o‘zimizni karantinga olamiz. Biz birgalikda kasallikni yengamiz”, - dedi Tramp.