AQSh prezidenti Donald Tramp “Laura” bo‘roni zarba bergan Luiziana shtatiga tashrif buyurdi.
«Tashrif davomida davra suhbati o‘tkazgan, shundan so‘ng yig‘ilganlarga dastxat bergan Tramp ularni 10.000 dollarga sotishni maslahat berdi», deb yozadi Daily Beast.
"Bugun ushbu dastxatni “eBay”da soting. O‘n ming dollar olasiz. Agar sizning ismingizni yozsam, qiymati sezilarli darajada pasayadi. Shuning uchun uni bugun kechqurun “eBay”da soting", deya ta’kidlagan Tramp.