Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Donald Tramp: "Ukrainadagi urushni bir kunda tugatishim mumkin"

Donald Tramp: "Ukrainadagi urushni bir kunda tugatishim mumkin"

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp, agar u hozir Qo‘shma Shtatlar rahbari bo‘lsa, Ukrainadagi mojaroni atigi bir kun ichida tugatishini aytdi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida ma’lum qildi, deb xabar beradi «RBK».

«Hozir ham, agar men prezident bo‘lganimda, 24 soat ichida muzokaralar olib borishim mumkin», deb yozadi u.

2022 yil oktyabr oyida Tramp Ukrainadagi mojaroga tezda barham berish uchun zudlik bilan tinchlik muzokaralarini boshlash kerakligini aytgan edi. U Uchinchi jahon urushining boshlanishini muqobil deb atadi.

U, shuningdek, bir kun avval G‘arb davlatlari va xususan, AQSh tomonidan Ukrainaga tanklar yetkazib berilayotgani haqidagi xabarlar fonida keskinlashuvni kamaytirishga chaqirdi.

Kiritildi: 16:47 27.01.2023. O'qildi: 6588 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!