Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Donald Tramp suiqasddan keyin ilk bayonotini berdi

A A A
Donald Tramp suiqasddan keyin ilk bayonotini berdi

"Men AQSh Maxfiy xizmati va barcha huquq-tartibot idoralariga Pensilvaniya shtatining Batler shahrida ro‘y bergan otishmaga tezkor javob bergani uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Eng muhimi, mitingda halok bo‘lgan shaxsning oila a’zolariga hamda og‘ir jarohat olgan yana bir kishining oila a’zolariga hamdardlik bildiraman. Bu bizning mamlakatimizda sodir bo‘lishi hayratlanarli.

Hozirda o‘q uzgan shaxs haqida hech narsa ma’lum emas, u hozir vafot etgan. Menga qarata otilgan o‘q o‘ng qulog‘imning yuqori qismini teshib o‘tdi. Men nimadir noto‘g‘ri ekanligini darhol angladim, o‘q ovozini eshitdim va darhol o‘q terini yirtganini his qildim. Kuchli qon ketish boshlandi va keyin nima bo‘layotganini tushundim. Tangri Amerikani o‘z panohida asrasin!", — deb yozdi Donald Trump Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Kiritildi: 07:31 14.07.2024. O'qildi: 3442 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik