Bugun 5 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Donald Tramp NATOni tanqid qildi: “zaif va ishonchsiz hamkor”

Donald Tramp NATOni tanqid qildi: “zaif va ishonchsiz hamkor”

AQSh prezidenti Donald Tramp NATOni “nihoyatda zaiflashgan va ishonchsiz hamkor” deb atadi.

Ushbu fikrni u o‘zining Truth Social sahifasida bildirgan.

Shuningdek, Tramp The New York Times nashrini NATO qisqartmasini noto‘g‘ri talqin qilgani uchun tanqid qildi. Uning ta’kidlashicha, gazeta alyans nomini “Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti” o‘rniga “Shimoliy Amerika shartnomasi tashkiloti” deb yozgan.

Tramp bu orqali ommaviy axborot vositalarini “soxta yangiliklar” tarqatishda ayblab, ularning ishonchga putur yetkazayotganini qayd etdi.

Kiritildi: 21:27 04.04.2026. O'qildi: 512 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!