Bugun 27 mart, 2026 yil, juma

КИР

Donald Tramp NATOni tanqid qildi: «Alyans hech narsa qilmadi»

Donald Tramp NATOni tanqid qildi: «Alyans hech narsa qilmadi»

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan bog‘liq mojaro fonida NATOni keskin tanqid qildi. U ittifoqchilar Vashingtonni qo‘llab-quvvatlash uchun «umuman hech narsa qilmaganini» bildirdi.

Truth Socialdagi sahifasida Tramp AQSh alyans yordamiga muhtoj emasligini ta’kidlab, «AQShga NATOdan hech narsa kerak emas, lekin bu muhim lahzani unutmang», deb yozdi.

Shuningdek, u Eronni «aqldan ozgan davlat» deb atab, uning harbiy jihatdan yengilganini iddao qildi.

Keyinchalik hukumat yig‘ilishida ham Tramp alyans faoliyatidan noroziligini yana bir bor bildirdi. «Biz NATOdan juda norozimiz, chunki u mutlaqo hech narsa qilmadi», — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ittifoqchilar AQShga yordam berishga tayyor emas. «Men 25 yil oldin ham NATOni “qog‘oz yo‘lbars” deganman. Biz ularga yordam beramiz, ammo ular hech qachon bizga yordam bermaydi», — dedi Tramp.

Avvalroq u alyans pozisiyasini «juda katta xatolik» deb atagan, biroq AQShning NATOdan chiqishini hozircha rejalashtirmayotganini, lekin bunday imkoniyatni ko‘rib chiqayotganini aytgan.

Keskinlik fonida Donald Tramp ittifoqchilarni, shu jumladan Xitoyni ham Ormuz bo‘g‘ozida xavfsizlikni ta’minlashga chaqirgan. Bu yo‘lak jahon savdosi uchun muhim bo‘lib, u yerdagi uzilishlar neft narxlarining oshishiga olib kelgan.

Biroq bir qator Yevropa davlatlari bu tashabbusda ishtirok etishdan bosh tortib, Eron atrofidagi mojaro AQSh ittifoqchilari bilan maslahatlashmasdan boshlanganini bildirgan.

Kiritildi: Bugun 17:25. O'qildi: 468 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!