Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Donald Tramp millatchilikda ayblanmoqda

Donald Tramp millatchilikda ayblanmoqda

Prezident Kongress a’zolaridan 4 kishining aslida kelib chiqishi hukumati parokandalikka uchragan davlatlarga borib taqalishini aytib, tvitterdagi rasmiy sahifasida “ortingizga qayting”, deb post qoldirgan, deya "human.uz" xabar berdi.

Xabarda keltirilishicha, Kongress a’zolari hisoblangan bu 4 kishidan 3 tasi Aleksandriya Okasio-Kortes, Rashida Tlaib, Ayanna Pressli AQShda tug‘ilgan va shu yerda voyaga yetgan. Tramp nazarda tutgan to‘rtinchi shaxs Ilxan Omar esa bolaligida AQShga ko‘chib kelgan. Hatto Okasio-Kortes xonim Tramp tug‘ilgan Kuins kasalxonasidan 12 mil uzoqlikdagi Nyu-Yorkning Bronks dahasida dunyoga kelgan.

Janob Tramp ushbu to‘rt Kongress a’zosini asossiz tarzda uni tanqid qilayotganlikda aybladi. U Tvitterdagi rasmiy sahifasida shunday post qoldirgan: “Kelib chiqishi hukumatlari to‘lig‘icha parokanda bo‘lgan, eng qoloq davlatlarga (agar amalda hukumat bo‘lsa) borib taqaladigan demokrat Kongres a’zolarining Yer yuzidagi eng buyuk va qudratli millat bo‘lgan bizga ya’ni Amerika millatiga hukumatimizni qanday boshqarishni o‘rgatishlari juda kulguli. Nega ular o‘zlari kelib chiqqan hozirda jar yoqasiga kelib qolgan va jinoyat odatiy holga aylangan joylarga qaytib o‘sha joylarni o‘zgartirmaydilar? Shunday ekan, qaytib borib bizga bu qanday qilinishini o‘sha davlatlarda ko‘rsating”

Donald Tramp o‘zi nazarda tutayotgan Kongres a’zolarining ismini ochiqchasiga aytmagan.

Ammo uning Nensi Pelosiga ishora qilishidan nazarda tutilgan Kongres a’zolari Okasio-Kortes, Rashida Tlaib, Ayanna Pressli va Ilxan Omarligini bilish qiyin emas.

Bunga javoban Rashida Tlaib Prezidentning millatchilikda ayblab millatlar xilma-xilligi Amerikaning kuchi va millatlar birligi qudratining asosi ekanligini ta’kidladi. 

Okasio-Kortes ham Trampga javoban shunday izoh qoldirgan: “Bizni saylagan Amerikani qabul qila olmasligiga qo‘shimcha ravishda bizning sendan qo‘rqmasligimizni ham qabul qila olmaysan”.

Ilxan Omar esa “Donald Tramp – biz bilganlar ichida eng yomon, g‘arazgo‘y va qoloq Prezident” deb atadi.

Prezidentlikka davogar senator Elizabet Uorren Trampning bu “qabih izohini” “millatchilik” deb aytdi.

Kiritildi: 17:22 15.07.2019. O'qildi: 1503 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!