AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus pandemiyasi sababli "vahima va muvaffaqiyatsizlikka uchradi", dedi Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Jo Bayden Viskonsindagi tarafdorlari bilan uchrashuvda.
Baydenning ta’kidlashicha, inqiroz paytida prezident yetakchi rol o‘ynashi kerak edi, ammo Tramp "qotib qoldi va zarur choralarni ko‘rmadi", natijada Amerika "boshqa barcha mamlakatlarga qaraganda ko‘proq pul to‘ladi". Shuningdek, siyosatchining ta’kidlashicha, Tramp "butun umri davomida muammolardan qochib kelgan".
Bundan tashqari, nutq paytida Bayden agar u g‘alaba qozonsa, AQShni "demokrat sifatida emas, balki prezident sifatida" boshqarishini va nafaqat unga ovoz berganlarning, balki mamlakatning barcha aholisi manfaatlarini himoyalashni va’da qildi.
AQShda prezident saylovlari 3 noyabrga belgilangan.