Amerika prezidenti Donald Tramp Isroilni «buyuk ittifoqchi» deb atadi.
Siyosatchi «Truth Social» ijtimoiy tarmog‘ida yozishicha, boshqa davlatlar nizo avj olgan paytda «o‘zlarining haqiqiy yuzlarini ko‘rsatishdi», Isroil esa ulardan farqli o‘laroq, «qat’iyat bilan jang qilmoqda va qanday g‘alaba qozonishni biladi».
«Odamlarga Isroil yoqadimi yoki yo‘qmi, u Amerika Qo‘shma Shtatlarining buyuk ittifoqchisi bo‘lib chiqdi. Ular jasur, sodiq va aqllidir...», — deyiladi nashrda.