Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Donald Tramp AQSh Bosh prokurorini lavozimidan ozod etdi

Donald Tramp AQSh Bosh prokurorini lavozimidan ozod etdi

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat Bosh prokurori Pem Bondini lavozimidan chetlatdi. Bu haqda «Fox News» telekanali o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

«Vaziyatdan xabardor manbalarning ma’lumotlariga ko‘ra, prezident Donald Tramp Bosh prokuror Pem Bondini ishdan bo‘shatgan va uning o‘rniga Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi direktori Li Zeldinni tayinlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda», — deyiladi nashr xabarida.

Avvalroq «NBC News» ham Amerika yetakchisining Bosh prokurorni ishdan bo‘shatish niyati borligi haqida xabar bergan edi.

Kiritildi: 23:29 02.04.2026. O'qildi: 188 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!