Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Donald Tramp Apple kompaniyasini Xitoydan ketishga chaqirdi

A A A
Donald Tramp Apple kompaniyasini Xitoydan ketishga chaqirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Apple korporasiyasini Xitoydan o‘z ishlab chiqarishni ko‘chirishga chaqirdi. Bu haqda u Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis bilan uchrashuv natijalariga bag‘ishlangan brifingda aytdi.

“Men Apple kabi, shunday Amerika kompaniyalariga qisqa vaqt ichida yordam bera olaman,  ular qilishi kerak bo‘lgan vaqtgacha: ehtimol, Xitoydan ketish”, - dedi AQSh yetakchisi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, uning yordamisiz yirik korporasiyada katta muammolar bo‘lardi. So‘nggi bir yarim oy ichida Xitoy ikki million ishchi o‘rinni yo‘qotdi, chunki ayrim kompaniyalar AQShning bojlari amal qilmaydigan joylarga o‘z ishlab chiqarishni ko‘chirmoqda.

“Ular bundan ham ko‘proq yo‘qotadi”, - deydi AQSh prezidenti.

Iyun oyida Apple Xitoyda Mac Pro (avval ular AQShda ishlab chiqarilgan) kompterlarini yig‘ishni rejalashtirgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.  Tramp bunga e’tiroz bildirmadi, ammo Xitoydan keltiriladigan qismlardan ham boj undirilishi haqida ogohlantirdi.   

Kiritildi: 20:47 21.08.2019. O'qildi: 1211 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik