Bugun 22 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Donald Tramp Afg‘onistonni ogohlantirdi

Donald Tramp Afg‘onistonni ogohlantirdi

Donald Tramp “Tolibon” Bagram aviabazasini AQShga qaytarmasa, Afg‘oniston salbiy oqibatlarga duch kelishidan ogohlantirdi

"Agar Afg‘oniston Bagram havo bazasini uni qurgan odamlarga – Amerika Qo‘shma Shtatlariga qaytarib bermasa, yomon voqealar yuz beradi", — deb yozdi AQSh prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

AQSh harbiylari 2021 yil avgustida Bagrom aviabazasini tark etgan. Shundan beri u «Tolibon» nazorati ostida. Tramp avvalroq uni qaytarmoqchi ekanini aytgan edi. Biroq, Afg‘oniston bunga rozi bo‘lmasligini ma’lum qildi.

Kiritildi: 20:35 21.09.2025. O'qildi: 916 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!