Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Dollarning qiymati pasayishda davom etdi

A A A
Dollarning qiymati pasayishda davom etdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 9 iyul kunidan boshlab valyuta operasiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.
 
Unga ko‘ra, bir AQSh dollari 7813 so‘m, 85 tiyinni tashkil etib, tashkil etib, o‘tgan haftadagi ko‘rsatkichga nisbatan 32,85 tiyinga arzonladi.
 
Evro kursida esa o‘zgarish bo‘lmadi: 1 yevro 9166,80 tiyinni tashkil etdi.
 
Rossiya rubli ham o‘tgan haftadagi qiymat: 125,06 tiyinni tashkil etmoqda.
 
Qozog‘iston tengesi 22,99 tiyin, 1 Qirg‘iziston somi 115,39 tiyin, 1 Tojikiston somoni 857,21 so‘mni tashkil etmoqda.
 
Ma’lumot o‘rnida, dollardan tashqari yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan pul birliklarining qiymatida so‘mga nisbatan o‘zgarish bo‘lmadi.
 
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Manba: qalampir.uz

Kiritildi: 13:34 09.07.2018. O'qildi: 1681 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik