Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Dollar narxining bu hafta yana qimmatlashi aytildi

Dollar narxining bu hafta yana qimmatlashi aytildi

AQSh dollari rasmiy kursining oshishi davom etmoqda. Dushanba kuni Markaziy bank rasmiy kursi 13 so‘mga oshib, 1 AQSh dollari 8250 so‘mni tashkil etishi taxmin qilinmoqda. Bu haqda valyuta birjasida oxirgi haftada bo‘lib o‘tgan savdo yakunlari dalolat beradi.

Valyuta birjasida dollar kursi bir haftada 22 so‘mga oshgan. Hafta davomida birjada dollar savdosi hajmi 373 mln AQSh dollarni tashkil etgan. Oktyabr oyida umumiy savdo hajmi esa qariyb 2 mlrd AQSh dollariga yetgan.

Rasmiy dollar kursi qariyb 3 oy davomida muntazam oshib kelmoqda. Avgust oyi boshida joriy yilning eng past dollar kursi qayd etilgan edi – 7783 so‘m. Hozirga kelib dollar 467 so‘mga, ya’ni 6 foizga qimmatladi. Lekin yil boshidan hisoblansa, dollar kursi 10 oyda 1,5 foiz oshgani ma’lum bo‘ladi. Bunga sabab, avgustga qadar dollarning qariyb olti oy davomida arzonlashib borganidir.

Markaziy bankning o‘tkazgan so‘rovnomalariga ko‘ra, yil oxiriga kelib AQSh dollari kursi 8300 so‘mga yetishi mumkin.

Tijorat banklaridagi dollar ayirboshlash kurslari oxirgi ikki hafta davomida o‘zgarmayapti. Deyarli barcha banklar AQSh dollarini 8220 so‘mdan sotib olmoqda. Konversion kartaga sotish kursi esa ko‘pchilik banklarda 8300 so‘mni tashkil etadi. Taxminlarga ko‘ra, keyingi haftada tijorat banklari ham rasmiy kurs orqasidan dollarning sotish va sotib olish kursini oshiradi.

Manba: 7news.uz

Kiritildi: 17:19 03.11.2018. O'qildi: 2475 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!