Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Dmitriy Shokin kumush medal sohibiga aylandi

A A A
Dmitriy Shokin kumush medal sohibiga aylandi

Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining taekvondo bo‘yicha bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Dmitriy Shokin (+80kg) finalda eronlik raqib bilan kuch sinashdi. 2:1 hisobida oldinda borayotgan Shokin so‘nggi lahzalarda tashabbusni raqibga berdi va 2:3 hisobida yutqazib qo‘ydi. O‘zbekiston vakili kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Shokin bundan to‘rt yil avval Incheonda o‘tkazilgan o‘yinlarda ham finalda imkoniyatni boy bergandi. O‘shanda u koreyalik taekvondochiga 6:7 hisobida yutqazib qo‘ygan.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 15:52 21.08.2018. O'qildi: 1527 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik