Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Diyor Imomxo‘jayev PFLni vaqtincha boshqarib turadi

Diyor Imomxo‘jayev PFLni vaqtincha boshqarib turadi

PFLning sobiq direktori Davron Shoqurbonov 21 may kuni o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shatilgandi. Tashkilotning yangi rahbari bo‘lish uchun PFL direktori o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Diyor Imomxo‘jayev tavsiya qilingan va uning nomzodi qo‘llab-quvvatlangan. U tez orada rasman tashkilotning vaqtincha rahbari sifatida e’lon qilinishi kutilmoqda.

PFL rasmiy saytida Shoqurbonovning vazifasidan ozod etilgani va uning o‘rnini kim egallashi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.  Shoqurbonov tashkilotda birga ishlagan xodimlar bilan iliq xayrlashgan hamda barchaga omad tilagan.

Eslatib o‘tamiz, Davron Shoqurbonov 2019 yil 17 iyunda PFL direktori etib tayinlangandi. Sobiq qanot hakami bo‘lgan Shoqurbonov PFL direktorligiga kelishdan avval «Bunyodkor» klubida rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Uning keyingi faoliyatiga aniqlik kiritilmagan.

Ma’lumot uchun, Diyor Imomxo‘jayev 2017 yildan buyon PFLda faoliyat yuritib keladi. U dastavval tashkilot direktori maslahatchisi, keyinchalik direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Kiritildi: 10:15 23.05.2020. O'qildi: 3066 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!