Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Diqqat! Windows 7 operasion tizimining o‘limi sanasi ma’lum qilindi

Diqqat! Windows 7 operasion tizimining o‘limi sanasi ma’lum qilindi

Ishlab chiqaruvchilar operasion tizimning eski variantini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatish orqali birmuncha yangi OTlarni kengroq tarqatish imkoniga ega bo‘lishadi.

Microsoft kompaniyasi Windows 7 ni qo‘llab-quvvatlashni 2020 yilning yanvarida to‘xtatishini ma’lum qildi. Kompaniya bu haqda o‘z foydalanuvchilariga allaqachon xabar jo‘natishga ulgurdi.

Kompaniya foydalunchilarga 2020 yilning yanvariga qadar Windows 10gacha bo‘lgan dasturlarni yuklab olishni tavsiya qilmoqda. Microsoft operasion tizimlarning yanada yangi versiyalari ustida ishlarni jadallashtirgan.

Windows 7ning ishlab chiqarilishi 2009 yilning 22 oktyabrida boshlangan bo‘lib, 10 yil davomida foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatdi. Net Applicationsmma’lum qilishicha, ayni paytda operasion tizimning ushbu versiyasidan butun dunyo kompyuterlarining 40 foizida foydalaniladi.

life.ru

Kiritildi: 21:40 22.03.2019. O'qildi: 2709 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!