Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Diqqat! O‘zbekistonda 28 yanvardan ayrim karantin cheklovlari olib tashlanadi

Diqqat! O‘zbekistonda 28 yanvardan ayrim karantin cheklovlari olib tashlanadi

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, konsert-tomosha tadbirlarini joriy yilning 28 yanvaridan boshlab sanitariya-epidemiologik talablarga qat’iy rioya etgan holda tashkil etishga ruxsat berildi.

Ushbu qaror so‘nggi kunlarda kelib tushgan ko‘plab madaniyat soha vakillarining murojaatlarini inobatga olgan holda, shuningdek, halqimizni madaniy xordiq chiqarishlari uchun qulay sharoit yaratish maqsadida qabul qilingan.

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan konsert va tomosha tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha quyidagi talablar belgilandi:

▪️ konsert saroylarining tomoshabin sig‘imini inobatga olgan holda tomoshabinlar sonini 50 foizdan oshirmagan holda tashkil etish;

▪️konsert saroylarining tomoshabin o‘rindiqlaridan oraliq masofani saqlagan holda foydalanilishini ta’minlash va bu borada oraliq masofani saqlash uchun talab etiladigan o‘rindiqlarni konservasiya qilish;

▪️ konsert saroylariga tashrif buyuruvchi tomoshabin hamda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar qat’iy niqobda (maskada) bo‘lish.

Shuningdek, ushbu qaror bilan Respublika maxsus komissiyasining umumiy ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar ob’ektlar tomonidan soat 8:00 dan 23:00 gacha bo‘lgan davrida faoliyat yuritishi bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlar bekor qilinib, Vazirlar Mahkamasining “Tungi vaqtda faoliyat yurituvchi umumiy ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar ob’ektlarda jamoat xavfsizligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 24 iyuldagi 624-son qarori talablari doirasida faoliyatni tashkil etilishiga ruxsat berildi.

Kiritildi: 15:50 26.01.2021. O'qildi: 9974 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!