Bugun 29 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Di Devlin —  Makgregorni qayta tarbiyalagan qiz (foto)

Di Devlin —  Makgregorni qayta tarbiyalagan qiz (foto)

Konor Makgregor ayni damda dunyoning eng mashhur sportchilaridan biri. Boyligi ham o‘ziga yetarli. Ammo u bunga qanday erishgan?

Irlandiyalik sportchi ilgari alkogolga mukkasidan ketgan. Tungi klublarda izg‘ib, nochor hayot kechiradigan ko‘cha bezorisi bo‘lgan. Buni qarangki, aynan shu hayot unga Di Devlinni ro‘para qilgan. Ular tungi klublardan birida tanishishgan.

Makgregorga ko‘ngil qo‘ygan Devlin esa sportchini qayta tarbiyaladi. Konordagi ishtiyoq, kuch va boshqa jihatlarni to‘g‘ri yo‘naltira olgan qiz uning bugungi darajaga chiqishiga asosiy sababchilardan biri bo‘ldi. Makgregorning o‘zi ham endigina uylangan paytidagi qiyinchiliklarni juda ko‘p esga oladi. Uning fikricha, agar Di Devlin bo‘lmaganida ko‘cha hayoti uni yutib yuborgan bo‘lardi. Ayni damda sohibjamol Devlin umr yo‘ldoshini har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

Kiritildi: 01:52 22.12.2018. O'qildi: 18689 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!