Tanishlar orasida kam ovqat iste’mol qilsa-da, ortiqcha vazndan qutula olmayotgan insonlar haqida eshitish mumkin. Sababi endokrin tizimi muvozanati buzilgan bo‘lsa, gormonlar bilan bog‘liq muammo tufayli vaziyat shunday tus olishi mumkin. Endokrinolog va yoshartirish dasturi muallifi Yelena Syurakshina aynan ushbu masala bo‘yicha ma’lumot beradi.
Ortiqcha vazndagi bemorlar tez-tez endokrinolog huzuriga kelib, gormonlar bilan bog‘liq muammolarda davo topishga umid bog‘laydi. Sababi gormonlar muvozanati uchun buyurilgan tabletkalar tufayli barchasi o‘z iziga tushadi.
«Men ortiqcha narsa iste’mol qilmayman. Gormonlar bo‘yicha tekshiruvdan o‘tishim kerak». Bu endokrinolog huzurida ko‘riladigan eng keng tarqalgan masala. Aksariyat hollarda esa bemorlaning ko‘ngliga qarash kerak. Haqiqatan ham vazn ortishiga hissa qo‘shadigan endokrin kasalliklar mavjud. Ammo ortiqcha vazn endokrin tizimidagi buzilishlar tufayli emas, balki turmush tarzi, ortiqcha kaloriya miqdori, noto‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy harakatning kamligi sababli paydo bo‘ladi. Aslida esa bu yaxshi, davolanishga hojat yo‘q degani. Buning uchun faqatgina ovqatlanish hamda jismoniy faollikni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish kerak.
Qanday endokrin kasalliklar vazn ortishiga sabab bo‘lishi mumkin?
Agar to‘g‘ri ovqatlanishga rioya qilinsa, jismoniy faollik ham yetarli bo‘lsa, ammo tana vazni ortishda davom etsa, bu vaziyat endokrinolog bilan bog‘lanishga arziydi. Ehtimol, quyidagi alomatlar kuzatilsa, edokrin tizimi ishida buzilishlar mavjud bo‘lishi mumkin.
Ushbu alomatlar kilogramm ortishi bilan birga kuzatilganda, endokrin patologiyalardan birini ko‘rsatishi mumkin. Bu esa shifokor ko‘rigiga borish uchun muhim sabab hisoblanadi. Odatda endokrinolog dastlabki ko‘rigdayoq «endokrin» semirishni ozuqaviydan ajrata oladi va kerak bo‘lsa, davolash ishlarini boshlaydi.