Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Devid Sushe Erkyul Puaro roli uchun risar unvoniga sazovor bo‘ldi

A A A
Devid Sushe Erkyul Puaro roli uchun risar unvoniga sazovor bo‘ldi

Aktyor Devid Sushe Erkyul Puaro roli uchun risar unvoniga sazovor bo‘ldi. Shahzoda Uilyam 75 yoshli britaniyalik aktyorga dramaturgiyadagi xizmatlarini e’tirof etib,ordenni topshirdi.

Daily Mail nashrining yozishicha, Sushe marosimga rafiqasi, aktrisa Sheyla Furlis bilan kelgan. «Bu eng g‘ayrioddiy tuyg‘u. Bu ishonib bo‘lmaydigan hodisa», - deydi aktyor jurnalistlarga.

Devid Sushe o‘z faoliyatini 1960 yillarda teleko‘rsatuvlar va seriallarda aktyorlik bilan boshlagan. U o‘zining birinchi katta rolini 1980 yilda Charlz Dikkensning shu nomli romani asosida suratga olingan «Ikki shahar haqidagi ertak» filmida o‘ynadi. Sushe Agata Kristining Puaro detektiv serialidagi belgiyalik detektiv roli tufayli keng tanildi. Aktyor Agata Kristi jamiyatining vise-prezidenti bo‘lib qolmoqda.

Kiritildi: 10:03 30.01.2022. O'qildi: 3950 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik