AQSh Mudofaa vazirligi (Pentagon) binosi undagi xavfli moddalarni aniqlovchi detektiv qurilmadan kelgan soxta signal tufayli yopib qo‘yildi va qisman evakuasiya qilindi.
Bu haqda «CNN» telekanali o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Uchta manbaning ma’lum qilishicha, binoning bir nechta qavati va yo‘laklari bloklangan, xodimlar esa «xavfli moddalar bilan bog‘liq hodisa» sababli boshqa hududlardan evakuasiya qilingan.
Manbalardan birining bildirishicha, binodagi xavfli moddalar detektori kuydirgi (sibir yazvasi) sporalari borligini aniqlagan va bu evakuasiyaga sabab bo‘lgan. Keyinchalik tizimda nosozlik yuzaga kelgani va u soxta hayajonli signal bergani ma’lum bo‘ldi.