Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Deputatlar bosh vazir va hukumatni iste’foga chiqarishdi

Deputatlar bosh vazir va hukumatni iste’foga chiqarishdi

Deputatlar Gaiti bosh vaziri Jan-Anri Seanning hukumat bilan birga iste’fosini qo‘llab-quvvatladi, deya xabar beradi Haiti Libre gazetasi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, parlament a’zolari 93 ovoz bilan qarorni ma’qullashgan. Endi prezident mamlakatning yangi bosh vazirini tayinlashi kerak.

Ouest France nashri ma’lumotiga ko‘ra, hukumat ishi fuqarolarning turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan masalalarda hech qanday natijaga erishmaganligi bois to‘xtatilgan.

Bundan oldin fevral oyida minglab odamlar butun mamlakat ko‘chalarida hukumat boshlig‘iga qarshi norozilik bildirishgan edi.

Kiritildi: 05:03 20.03.2019. O'qildi: 2328 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!