Bugun 6 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Deputat Markaziy bankka rasmiy so‘rov yubordi

Deputat Markaziy bankka rasmiy so‘rov yubordi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati tijorat banklarida kredit to‘lovlari kechikishi bilan bog‘liq amaliyotlar yuzasidan Markaziy bankka rasmiy so‘rov yo‘lladi.

So‘rovda ayrim banklarda qarzdorlik kechikishidan manfaatdorlik shakllanayotgani, qo‘llanilayotgan sanksiyalar esa kreditning haqiqiy qiymatiga mutanosib emasligi haqidagi xabarlar muhokamalariga sabab bo‘layotgani qayd etilgan.

Deputat regulyatordan bu kabi amaliyotlarga nisbatan qanday nazorat choralari ko‘rilayotgani hamda kechiktirilgan kredit va mikroqarzlar bo‘yicha penya va jarimalarni adolatli qo‘llash yuzasidan qonunchilikka o‘zgartish kiritish rejalari mavjud yoki yo‘qligi bo‘yicha izoh berishni so‘ragan.

Kiritildi: Bugun 16:33. O'qildi: 384 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!