Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Deputat buzilmay turgan binoning suratini ijtimoiy tarmoqqa joylagandan bir kun o‘tib bino buzildi

Deputat buzilmay turgan binoning suratini ijtimoiy tarmoqqa joylagandan bir kun o‘tib bino buzildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev kecha, 14 iyun kuni o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi barcha sahifalarida Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida qonun himoyasi ostida bir bino buzilmay turgani haqida yozib surat ilova qilgan edi. 

"Yangiyo‘l shahar markazida (Shermatov ko‘chasi) joylashgan ushbu dorixona binosi O‘zbekistonda xususiy mulk daxlsizligining kafolatiga aylanmoqda. Bir necha yildan buyon bino egasi bo‘lgan tadbirkorga qo‘shnilari kabi teng sharoitda mos yer ajratib berilmaganligi sababli bino bugungi kunga qadar qonun himoyasi ostida buzilmay turibdi. Fuqaro ko‘chmas mulkka bo‘lgan o‘z huquqlarini talab qilmoqda. Qanchalik qiyin bo‘lmasin biroq fuqaro haq. Chunki mulk daxlsizligi Konstitusiya bilan kafolatlab qo‘yilgan.

Ko‘ramiz sub’ektiv omillar Konstitusiya va qonunlardan ustun kelib bino tadbirkorning noroziligiga qaramay buziladimi yoki qonun o‘z so‘zini aytadimi. Albatta qonun ustun, qonun xalq, qonun davlatdir.

Ko‘zlarni parda to‘smasa ko‘ramiz bu yog‘ini. Xususiy mulk daxlsiz, daxlsiz va yana bir marotaba daxlsiz!", - deb yozib quyidagi suratni joylagan edi. 

Bugun, 15 iyunda deputat "Izohga hojat yo‘q" deya quyidagi suratni ijtimoiy tarmoqlarga joyladi. 

Hozircha nima sababdan bunday bo‘lgani, binoning buzilishiga deputat qoldirgan post sababmi yoki boshqami noma’lum. Kuzatamiz...

Kiritildi: 23:04 15.06.2019. O'qildi: 1983 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!