Taniqli fransuz aktyori Jerar Depardye O‘zbekiston haqidagi hujjatli filmda suratga tushmoqda (suratda).
Depardye filmda O‘zbekistondagi tarixiy obidalar, xalq amaliy san’ati va milliy oshxona haqida so‘zlab beradi.
Depardye 7 noyabr kuni Toshkentga yetib kelgandi. Film “Paris Premiere” telekanali orqali 2020 yil fevral-mart oylarida namoyish etiladi.