Bugun 22 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Denovdagi maska shoumidi yoki....

A A A
Denovdagi maska shoumidi yoki....

Surxondaryo viloyati Denov tumanida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar, Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, prokuratura, DXX Chegara qo‘shinlari hamkorligida hududning xavfsizligini ta’minlash yuzasidan maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

“Ikki kunlik maxsus tadbirda Mudofaa vazirligining hududdagi harbiy xizmatchilari, tuman hokimligi, prokuraturasi, ichki ishlar bo‘limi, boshqa mutasaddi idoralar va keng jamoatchilik vakillari ham faol ishtirok etdi. O‘quv mashg‘ulot jarayonida shartli ravishda garovga olingan bino va inshootlarni, shaxslarni qutqarish ishlari tezkorlik bilan bajarildi”, deydi viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati rahbari, kapitan F.Toshboyev.

Xonadonlardagi ijtimoiy vaziyat atroflicha o‘rganildi. Shaxsiy tarkibning jangovar shaylik darajasi oshirilib, tuman hududini mudofaa qilishga, har qanday ko‘rinishdagi huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga e’tibor qaratildi. Shu maqsadda ichki va tashqi xalqalar tashkil etilib, blok-postlarda Mudofaa vazirligi va ichki ishlar idoralarining sohaviy xizmat xodimlaridan iborat shaxsiy tarkibning tunu-kun xizmat olib borishi tashkil etildi.

Aholining tinch, osoyishta va farovon turmushini ta’minlashga yo‘naltirilgan tadbir doirasida Mehr-oqibat mahalla fuqarolar yig‘inida tezkor profilaktik qidiruv o‘tkazildi. Guliston mahallasi hududida viloyat IIB harbiy safarbarlik bo‘limi, O‘zbekiston Respublikasi IIV maxsus operasiyalar muvofiqlashtirish boshqarmasi Surxondaryo viloyati buyicha maxsus otryadi, Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi va Milliy Gvardiyaning Surxondaryo viloyati harbiy xizmatchilari hamkorligida o‘tkazilgan shartli ravishda garovga olingan shaxslarni ozod qilish bo‘yicha maxsus taktik-o‘quv mashg‘uloti ham soha xodimlarining professional mahorati va jangovar shaylik darajasini keng namoyon etdi.

Manba: qalampir.uz

Kiritildi: 12:21 24.07.2018. O'qildi: 2444 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik