Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Dembele uzoq muddatli shartnoma imzolashga yaqin

Dembele uzoq muddatli shartnoma imzolashga yaqin

«Pari Sen-Jermen» hujumchisi Usmon Dembele klub bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Canal+ jurnalisti Bertran Latur ma’lumotiga ko‘ra, fransuz futbolchisi amaldagi kelishuvini yana ikki yilga uzaytiradi va «PSJ»da 2030 yil iyunigacha qoladi.

Hozirda 29 yoshli futbolchining «PSJ» bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi. Shu sabab yangi kelishuv uning Parijdagi faoliyatini yana ikki mavsumga uzaytirishi mumkin.

Dembele 2023 yil yozida «Barselona»dan «PSJ»ga 50 mln yevro evaziga o‘tgan. Transfermarkt portali hozirda uning bozor qiymatini 100 mln yevroga baholamoqda.

Fransiyalik futbolchi 2024/25 mavsumida barcha musobaqalarda 37 ta gol urib, 14 ta golli uzatmani amalga oshirgan va «PSJ»ning tarixda ilk bor Chempionlar ligasida g‘olib chiqishida katta hissa qo‘shgan. 2025 yil sentyabrida esa u «Oltin to‘p» sohibiga aylangan.

So‘nggi vaqtlarda Dembelening kelajagi yana muhokama mavzusiga aylangandi. Biroq «PSJ» ham, futbolchi tomoni ham hamkorlikni davom ettirish istagida ekani xabar qilinmoqda.

Kiritildi: 16:45 31.08.2026. O'qildi: 900 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!