Venesuela prezidenti vazifasini bajaruvchi Delsi Rodriges AQShga taklif qilinganini ma’lum qildi, deb yozmoqda Reuters.
Uning aytishicha, asosiy masalalar bo‘yicha siljish bo‘lsa, tashrif amalga oshishi mumkin.
Delsi Rodriges Nikolas Maduro qonuniy prezident bo‘lib qolayotganini, shuningdek, u va birinchi xonim Flores aybsiz ekanini ta’kidladi.
Hozirda Rodriges Venesuela neft sanoatini qayta tiklash va AQSh investisiyalarini jalb etishga e’tibor qaratmoqda, deya yozmoqda Reuters.