Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosari 7 million so‘m bilan ushlandi

Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosari 7 million so‘m bilan ushlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida DXX Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosari mahalliy fermer xo‘jalik rahbarining ishonchiga kirib, uning joriy yilgi 300 kg pilla topshirish rejasini yopib berish evaziga jami 21 mln. so‘m pora talab qilib, shundan 7 mln. so‘mini o‘zining xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:43 13.06.2025. O'qildi: 582 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!